PSJ darvozaboni Pep Gvardiola jamoasiga o'tishga qiziqmoqda.
"Manchester Siti" va PSJ o'rtasida muzokaralar olib borilmoqda, transfer summasi dastlab so'ralgan 50 mln evrodan kamroqni tashkil etadi, deya xabar bermoqda Fabricio Romano.
Shu bilan birga, kelishuv hamon Edersonning yozda ketishiga bog'liq va "Galatasaroy" hamon braziliyalik posbonga qiziqish bildirmoqda.