iks
ads

Belgiya Pro ligasi. "Antverpen" o'n kishi bilan kambek evaziga g'alaba qozondi, O'rinboev bu safar ham zaxirada qoldirildi

  • Mr.NoBoDy 24.08.2025 18:56
  • 75
  • 30

Belgiya Pro ligasi 5-tur doirasidagi "Antverpen" - "Mexelen" o'yini bo'lib o'tdi.

Mezbonlarning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Muhammadali O'rinboev zaxirada qoldirildi.

O'yinning 11-daqiqasida mehmonlar o'yinchisi Terens Kudu hisobni ochdi. 27-daqiqada mezbonlar Tibo Somersning goli evaziga hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo'limning 54-daqiqasida Dennis Prat maydondan chetlashtirildi. Biroq, bu 80-daqiqada Muhammadu Dumbiyaning g'alaba golini urishiga to'sqinlik qilmadi.


Match-senterda ochish


Ўхшаш янгиликлар