Oʻzbekiston U-18 terma jamoasi “Lokomotiv” klubiga qarshi nazorat oʻyinida ishtirok etdi. Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi yoshlarimiz uchrashuvda 4:0 hisobida gʻalaba qozondilar.
Terma jamoaning gollariga Tojiboyev 12’, Abrayev 20’, Abdurasulov 78’ va Jumaboyev 85’ mualliflik qildi.
Boshlangʻich tarkib: Odinayev, Odiljonov, Iskandarov, Soliyev, Dilshodbekov, Rasuljonov, Abrayev (s), Bobomurodov, Tojiyev, Tojiboyev, Maratov.
Zaxiradan tushganlar: Abutalipov, Erkinov, Omonkeldiyev, Gʻaniyev, Jumaboyev, Jumadullayev, Ahmadov, Abdurasulov, Najmiddinov, Abdumajidov, Abdusattorov.