iks
ads

Superliganing 20-turida hakamlar juda ko'p xatoga yo'l qo'ydi

  • Mr.NoBoDy 26.08.2025 19:56
  • 54
  • 30

Ekspertimizdan hakamlik faoliyati tahlili.

Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" telegram kanali) o'z hakamlar jamoasi bilan birgalikda Superliganing 20-tur o'yinlaridagi bahsli holatlarni tahlil qildi.


❌✅ "Sho'rtan" - "Navbahor"

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH

Fikrimizcha, hakam "Sho'rtan" jamoasining 55-raqamli o'yinchisi tomonidan sodir etilgan qo'pollikni qayd etmasdan xatoga yo'l qo'ydi. Qoidabuzar raqibining oyog'ini beparvolik bilan "bosib oldi". So'ngra hakam "Sho'rtan"ning 17-raqamli o'yinchisi tomonidan ehtiyotsizlik bilan sodir etilgan qoida buzilishini (oyoqqa zarba berish) ko'rmay qoldi. Shundan so'ng qisqa vaqt ichida uchinchi yakkakurash yuz berai: "Navbahor"ning 32-raqamli o'yinchisi haddan tashqari kuch ishlatib kurashga kirishadi, raqibining boldiriga butsaning tag qismi bilan zarba berdi. So'ngra oyog'i sirpanib pastga tushdi va butun tana og'irligi bilan raqibining to'pig'ini bosib oldi. Bu vaziyatda, bizningcha, hakam "Navbahor" o'yinchisini jiddiy qoidabuzarlik uchun maydondan chetlatib, to'g'ri qaror qabul qildi. Biroq bu holatdan oldin "Sho'rtan" o'yinchilari tomonidan sodir etilgan ikkita qoidabuzarlik etibordan chetda qolgan edi.

 

"So'g'diyona" - "Dinamo"

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH

Bu vaziyatda, bizning fikrimizcha, hakam jiddiy xatoga yo'l qo'ydi va "So'g'diyona" futbolchisining golini noto'g'ri tarzda bekor qildi. Futbolchi darvozabonga to'pni o'yinga kiritishga xalaqit bermagan, hech qanday g'ayriqonuniy harakat qilmagan. To'pni egallab turgan "Dinamo" darvozaboni o'zi to'p yordamida raqib bilan to'qnashuvga kirishdi, natijada to'p nazoratini yo'qotdi va darvozasidan gol o'tkazib yubordi. O'yinni davom ettirish va tegishli ravishda golni hisobga olish to'g'ri qaror bo'lardi.

 

"So'g'diyona" - "Dinamo"

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH

Bu erda hakam "Dinamo" darvozabonining qoidabuzarligini qayd etmasdan to'g'ri qaror qabul qildi. Darvozabon to'pga o'ynamoqda. Agar qoidabuzarlik qayd etilishi kerak bo'lsa, u "So'g'diyona" o'yinchisi tomonidan bo'lishi kerak edi, chunki u to'pga o'ynamay, darvozabon bilan to'qnashuv tashabbuskori bo'ldi.

 

❌  "So'g'diyona" - "Dinamo"

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH

Fikrimcha, bu erda o'yinchilar o'rtasidagi oddiy to'qnashuv ro'y bergan. Ikkalasi ham to'pga birinchi bo'lib o'ynashga harakat qilishgan. Bu normal holat. Eng muhimi shundaki, hakam dastlab vaziyatni o'yin holati deb baholagan va faqat VARni ko'rib chiqqandan so'nggina "Dinamo" darvozasiga penalti tayinlagan. Bu holatni qayta ko'rib chiqishning hojati yo'q edi. Albatta, barchasi "yakkama-yakka kurash meyori"ga bog'liq. Biroq to'qnashuv himoyachining tashabbusi bilan sodir bo'lmagan - bu oddiy o'yin jarayonidagi to'qnashuv. Himoyachi tomonidan ochiq-oydin turtish yoki qo'shimcha harakat yo'q. Hakam penalti belgilash orqali xatoga yo'l qo'ygan.

 

✅  "So'g'diyona" - "Dinamo"

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH

(Ushbu epizod o'yin sharhiga kiritilmagan, biroq "Dinamo" matbuot xizmati tomonidan elon qilingan)

"So'g'diyona" himoyachisi "Dinamo" o'yinchisiga nisbatan qonunga xilof harakat qilmayapti. To'g'ri, u qo'lini raqibining orqasiga qo'ydi, ammo turtmadi. "Dinamo" o'yinchisi elkasi yoki orqasida qo'lni his qilib, o'zi yiqildi. Hakam o'yinni to'g'ri ravishda davom ettirdi.

 

"Neftchi" - "Mashal"

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH

"Nozik" holat, ammo bizning fikrimizcha, "Neftchi"ning goli muvofiq ravishda hisobga olindi. Gol urgan o'yinchi ofsayd holatida emas edi.

 

❌✅ "Buxaro" - "Qo'qon-1912"

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH

Hakam bu vaziyatda o'zini muhofazalashi va zarbaning faqat hushtak chalingandan keyin berilishini ko'rsatib qo'yishi kerak edi. U qoida buzilgan joyga kelganda, atrofida o'yinchilar to'plandi. Biroq u yuqoridagi qarorni aytgani yo'q, demak to'p qoida buzilmasdan o'yinga kiritildi. To'p qimirlamasdan turib, qoidabuzarlik sodir bo'lgan joydan o'yinga kiritildi. Agar "Qo'qon-1912" gol urganida, uni hisobga olish lozim bo'lardi. Takidlash joizki, hakam to'pni qaytadan o'yinga kiritishni talab qilmadi va burchak to'pi belgiladi.

 

"Andijon" - "Paxtakor"

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH

Bu epizodda hakam to'g'ri qaror qabul qilib, "Paxtakor" o'yinchisini ikkinchi sariq kartochka bilan jazoladi. "Andijon" o'yinchisi uchun maydonda bo'shliq va jarima maydoniga kirish imkoniyati mavjud edi, bundan tashqari, himoyachilardan hech biri unga qarshi chiqmagan edi.

 

❌✅ "Andijon" - "Paxtakor"

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH

Hakam dastlab noto'g'ri qaror qabul qilib, "Andijon" o'yinchisiga sariq kartochka ko'rsatdi. VAR vaziyatga to'g'ri aralashib, hakamni videotakrorni ko'rishga taklif etdi. "Andijon" o'yinchisi raqibining tizza qismini oyog'i bilan bosib, gavda og'irligini tushirdi. Shuni ham takidlash joizki, qoida buzgan futbolchi raqibini yaqqol ko'rib turgan va ataylab tajovuzkor tarzda to'qnashuvga kirishgan, bu bilan raqibiga jarohat etkazish xavfini tug'dirgan. Videotakrorni ko'rgandan so'ng bosh hakam "Andijon" o'yinchisini maydondan chetlatib, to'g'ri ish qildi.

 

"Qizilqum" - "Bunyodkor"

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH

O'yin sharhidagi mavjud rakurslar ushbu yakkakurashni va uning oqibatlarini to'liq baholash imkonini bermaydi. Biz faqatgina "Bunyodkor" o'yinchisining qasddan oyog'ini ko'tarib, raqibining yuziga (ehtimol butsaning tag qismi bilan) tekkizganini ko'ryapmiz. Agar shunday bo'lsa, bu epizodni "tajovuzkor xatti-harakat" deb baholash mumkin. Hakam bunday vaziyatda qizil kartochka ko'rsatishi shart.

 

"Qizilqum" - "Bunyodkor"

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH

"Qizilqum" jamoasi o'yinchisi (15-raqamli) ofsayd chizig'ining orqasida bo'lib, raqib bilan yakkama-yakka kurashga kirishdi. Videotakror ko'rib chiqilgandan so'ng, gol to'g'ri ravishda bekor qilindi.

 

"Surxon" - "Nasaf"

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH

Maydondagi hakam o'yinni davom ettirishga qaror qilib, to'g'ri yo'l tutdi. "Surxon" jamoasi o'yinchisi raqib bilan ahamiyatsiz to'qnashuvdan so'ng o'z ixtiyori bilan yiqildi. Oldinga harakatlanishga to'sqinlik qiladigan sezilarli ushlab qolish ham, kuchli turtki ham bo'lmadi. O'yinni davom ettirish lozim.

 

OKMK – "Xorazm"

VAZIYAT VIDEOSINI TOMOSHA QILISH

Bu erda ham ko'proq rakurs etishmaydi. Umuman olganda, OKMK hujumchisining oyog'i haqiqatan ham "Xorazm" himoyachisinikiga nisbatan darvoza chizig'iga yaqinroq turgandek taassurot uyg'otdi. Yordamchi hakam yaxshi poziciyada bo'lgani sababli, xato haqida gapirish uchun asos yo'q. Bizning fikrimizcha, hakamlar brigadasining qarori to'g'ri.


Shu tariqa, Superliganing 20-tur o'yinlarida hakamlar beshta xatoga yo'l qo'yishdi.

Ўхшаш янгиликлар