"Inter Mayami" Ligalar kubogi 1/2 finalida "Orlando Siti" ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Bahsda "Orlando Siti" birinchi bo‘lim so‘ngida Mario Pashalichning goli evaziga hisobni ochdi. Uchrashuvning 77-daqiqasida Lionel Messi himoyachi David Brekaloning chetlatilishidan so‘ng belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi. Uchrashuv yakunida Messi Jordi Albaning uzatmasidan so‘ng dublga erishgan bo‘lsa, Luis Suaresning uzatmasidan so‘ng Telasko Segoviya gol urdi.
Finalda "Inter Mayami" "Los-Anjeles Gelaksi" - "Sietl" uchrashuvi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.