"Los-Anjeles Gelaksi" hujumkor yarim himoyachisi Marko Roys Lionel Messi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Germaniyalik futbolchi o‘tgan yilning yozidan beri MLSda o‘ynaydi, argentinalik esa undan bir yil oldin AQSHga ko‘chib o‘tgan.
"Messi futbolchi erishishi mumkin bo‘lgan hamma narsaga erishdi. U barcha sovrinlarni yutdi, barcha rekordlarni yangiladi va har bir o‘yinda bizni hayratda qoldirishda davom etmoqda. U Yevropada hukmronlik qilgan edi, endi esa bu yerda hukmronlik qilmoqda. Eng yaxshisi," - dedi may oyi oxirida 36 yoshini nishonlagan Roys matbuot anjumanida.