iks
ads

Germaniyaga etib borgan Jeksonning "Bavariya"ga o'tishi bekor bo'ldi. Nega?

  • Mr.NoBoDy 31.08.2025 10:40
  • 645
  • 30

"Bavariya"ga o'tishi kutilgan Nikolas Jeksonning transferi bekor bo'ldi.

Bu haqda nemis jamoasining sport direktori Maks Eberl malum qildi.

"Chelsi" futbolchini ortga qaytarishimizni malum qildi. Biz ular bilan shartnomaning barcha shartlarini kelishib olgandik. Hujumchi Germaniyaga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun ham etib kelgandi. Biroq endi biz uni Londonga qaytarib yuborishimiz kerak. Jekson - "Chelsi" futbolchisi", - deb fikr bildirgan Maks Eberl.

Eslatib o'tamiz, kecha APLning 3-turida "Chelsi" hujumchisi Liam Delap jarohat olgandi. Shu sababli London klubi Jeksonni "Bavariya" bermaslikka qaror qilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar