iks
ads

Akanji "Milan"ning shartlarini qabul qilmayapti, "Siti" himoyachisi ECHLda o'ynashni istamoqda

  • Mr.NoBoDy 31.08.2025 11:32
  • 245
  • 30

Manuel Akanji "Milan"ga o'tishga qiziqmayapti.

Insayder Fabricio Romanoning malum qilishicha, "Man Siti" himoyachisi "rossonerilar"ning amaldagi taklifini qabul qilmayapti. Avvalroq, "Milan" futbolchi uchun 15 mln evro va bonuslar taklif qilgani xabar qilingandi.

Shveycariyalik Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoada o'ynashni istamoqda. Janluka Di Marcioning malum qilishicha, Akanji APLda qolishni afzal ko'radi.

"Milan" muqobil variant sifatida "Vilyarreal"dan Xuan Foyt va allaqachon so'rov yuborilgan "Liverpul"dan Jo Gomesni ko'rib chiqmoqda. Transfer oynasi oxirida boshqa variantlar ham bo'lishi mumkin.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar