iks
ads

"Nyukasl" 63,5 mln evro evaziga hujumchi sotib olmoqda

  • Mr.NoBoDy 01.09.2025 18:32
  • 256
  • 30

"Brentford" hujumchisi Yoan Vissa "Nyukasl Yunayted"ga o'tmoqda, deb xabar berdi jurnalist Fabricio Romano.

Manbaga ko'ra, klublar o'zaro kelishuvga erishgan. Transfer summasi 63,5 million evroni tashkil qiladi. "Brentford" "hakkalar"ning rasmiy taklifini qabul qildi va Vissa bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Hujumchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 39 o'yinda qatnashib, 20 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 32 million evroni tashkil qiladi.

Avvalroq "Nyukasl" "Shtutgart" hujumchisi Nik Voltemade bilan shartnoma tuzgan edi. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar