La Liga avgust oyining eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun nomzodlarni malum qildi, mukofot sohibi muxlislar so'rovnomasi orqali aniqlanadi. Avgust oyi yakunlari bo'yicha mukofotga 5 nafar futbolchi davogarlik qilmoqda.
Lamin Yamal ("Barselona") - 3 ta o'yin, 2 ta gol, 2 ta golli uzatma;
Kilian Mbappe ("Real") - 3 ta o'yin, 3 ta gol;
Niko Uilyams ("Atletik") - 3 ta o'yin, 1 ta gol, 1 ta golli uzatma;
Pere Milya ("Espanyol") - 3 ta o'yin, 2 ta gol;
Nikolya Pepe ("Vilyarreal") - 3 ta o'yin, 2 ta gol, 1 ta golli uzatma.
Muxlislar 8 sentyabrgacha o'z ovozlarini berishlari mumkin.