iks
ads

"Atletik" FIFA Laportni ro'yxatdan o'tkazishni rad etganini tasdiqladi

  • Mr.NoBoDy 03.09.2025 21:48
  • 511
  • 30

Klub himoyachini safiga qo'shish uchun huquqiy imkoniyatlarni o'rganmoqda.

"Atletik" Emerik Laportni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berilmaganini malum qildi.

Avvalroq ispanlar "Al Nassr" himoyachisining transferini kelishib, rasmiylashtirgan edilar, biroq Saudiya Arabistoni klubi bitim haqidagi malumotni TMS (FIFA transferlarni muvofiqlashtirish tizimi)ga kechikib yuborgan.

Bugun bask klubi, Ispaniya Qirollik futbol federaciyasi (RFEF) bu holatda istisno qilishni so'raganiga qaramay, FIFA ularga futbolchini ro'yxatdan o'tkazishni rad etganini xabar qildi.

"Atletik" futbolchini jamoaga qo'shib olish ustidagi ishlarini davom ettirmoqda va mavjud huquqiy imkoniyatlarni sinchiklab o'rganmoqda. Agar transfer amalga oshmasa, kelishuv ispan klubi uchun hech qanday moliyaviy yomon oqibatlarsiz bekor qilinadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar