Bergamoliklar nigeriyalik forvardni Chempionlar Ligasi uchun ro'yxatga kiritgan va rahbariyat futbolchi bilan munosabatlarni yaxshilash uchun qattiq harakat qilmoqda. Holbuki, undan avvalroq o'yinchi klubni tark etish istagini bildirgan edi.
Eslatib o'tamiz, yozda Lukman "Inter" yoki "Bavariya"ga o'tishi mumkin edi. Hatto "neradzurri" tomonidan 45 million evro miqdorida aniq taklif ham kelgan, ammo klub futbolchini qo'yib yubormadi.
Yangi mavsumda Lukman hali maydonga tushmadi, o'tgan mavsumda esa A Seriyada 31 o'yinda 15 ta gol urgan edi.