iks
ads

"Muhsin, biz sen bilan!"– Samarqandda o'zbek futboli yulduzlari ishtirokida xayriya uchrashuvi o'tkaziladi

  • Mr.NoBoDy 04.09.2025 10:32
  • 218
  • 30

6 sentyabr, shanba kuni Samarqandda Dinamo jamoasi faxriy o'yinchilari va O'zbekiston milliy jamoasi sobiq futbolchilari ishtirokida katta xayriya o'yini o'tkaziladi.

Xabaringiz bor, "Dinamo" jamoasining afsonaviy hujumchisi tojikistonlik Muhsin Muhammadiev yil boshida bir necha marta insultni boshdan kechirdi. O'zbek futbolida goleador hujumchi va murabbiy sifatida nom qoldirgan 58 yoshli mutaxassis so'nggi bir necha oydan buyon Moskvadagi shifoxonada og'ir xastalik bilan kurashmoqda va uning tuzalib, tiklanishi uchun murakkab jarrohlik amaliyotlari zarur. 

Muhsin Muslimovichni ruhan va moliyaviy qo'llab-quvvatlash maqsadida o'zbek futboli yulduzlaridan iborat O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq o'yinchilari hamda "Dinamo"ning faxriy o'yinchilari o'rtasida "Muhsin, biz sen bilan"shiori ostida Samarqandda xayriya o'yini tashkil etilmoqda. 6 sentyabr, shanba kuni soat 17:00da sanatkorlar ishtirokida koncert dasturi, soat 18:00da esa katta xayriya uchrashuvi boshlanadi! Stadionga kirish chiptasi narxi – 20 ming so'm! 


O'yingohga keling va "Dinamo" afsonasi Muhsin Muhammadievni qo'llab-quvvatlab, xayrli ishga hissangizni qo'shing! Chiptalar sotuvidan tushgan mablag' to'liq Muhsin Muhammadievga etkaziladi.

Toshkent shahar futbol associaciyasi Muxsin Muxammadievga yordam berish maqsadida xayriya mablag'lari to'plash boshlanganini elon qiladi.


O'zbekistonda mablag' o'tkazish uchun hisob raqami: Azamat Abduraimov nomiga — 6262730054723699

Rossiyada mablag' o'tkazish uchun hisob raqami: Moxira Muxammadieva nomiga (Sberbank) — 4006800022591845

Xayriya uchrashuvi. 6 sentyabr (shanba)

"Dinamo" faxriylari –  O'zbekiston MTJ faxriylari

Samarqand, “Dinamo” stadion.

Koncert boshlanishi: 17:00

O'yin boshlanish vaqti: 18:00.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar