"Milliy jamoada oilaviy muhit hukm surmoqda. Biz ko'p yillardan buyon birgamiz va birdamlik hissi biz uchun juda muhim. Bu bizni yanada kuchliroq qiladi. Rodrigo va Dani Karvaxal o'z poziciyasida dunyoning eng yaxshi ikki futbolchisi. Ular kiyinish xonasida asosiy o'yinchilar, shuning uchun ular biz uchun faqat futbol maydonida emas, tashqarisida ham muhim", – dedi de la Fuente.
Bugun, 4 sentyabr kuni Ispaniya terma jamoasi JCH-2026 saralashining 1-turi doirasida mehmonda Bolgariya bilan uchrashadi. Uchrashuvni boshlab beruvchi hushtak Toshkent vaqti bilan 23:45 da chalinadi.