iks
ads

Valeriy Karpin: "Iordaniyadan bunaqasini kutmagandik"

  • Mr.NoBoDy 05.09.2025 01:24
  • 198
  • 30

Rossiya termasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin Iordaniyaga qarshi o'rtoqlik o'yini yakunlari haqida gapirdi.

- Birinchi bo'limni maydon va tezlikka ko'nikish bilan o'tkazdik. Balki o'z yo'nalishimizdan chiqib ketgandirmiz. To'p tez harakatlandi, birinchi bo'limda to'p uchun kurashda raqibdan bunaqasini kutmagandik. Ko'p holatlarda to'pni yo'qotdik. Shulardan keyin raqiblar jarima maydonchasiga yorib kirishdi.

- 60-daqiqadan keyin o'yin tezlashgandek.

- To'rt futbolchi - Batrakov, Krugovoy, Silyanov hamda Glebov o'yinga tezlik qo'shdi. Shundan so'ng to'p tez harakatlanishni boshladi. Ular esa tezroq qaror chiqarishdi va shuning ortidan boshqacha futbol namoyish qilishni boshlashdi, - dedi Karpin.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar