Bu haqda "Marca" malum qildi.
Manbaga ko'ra, mazkur masala tashkilot ijroiya qo'mitasining 11 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan yig'ilishida ko'rib chiqiladi.
Avvalroq UEFA prezidenti Aleksander Cheferin o'yinni boshqa davlatda o'tkazishga qarshi chiqqandi. Uning takidlashicha, barcha milliy chempionat o'yinlari o'z mamlakatlarida o'tkazilishi kerak.
"Vilyarreal" – "Barselona" bahsi 2025 yilning 21 dekabriga belgilangan. U Mayamidagi "Xard Rok" stadionida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq kataloniyaliklar Mayamida tashkil etiladigan "Vilyarreal"ga qarshi o'yin ortidan 5 mln evro ishlab olishi malum qilingan edi.