iks
ads

Eron bilan raqobatning boshlanishi. Ali Dayiga atalgan va O'zbekiston forslarga yirik hisobda engilgan o'yinni yodga olamiz

  • Mr.NoBoDy 07.09.2025 15:56
  • 120
  • 30

Eron bizning azaliy raqibimiz hisoblanadi. Ular bilan har qanday musobaqada jiddiy raqobatlashib kelganmiz. Bugun mana shu raqobatni boshlab bergan o'yin haqida fikr yuritamiz.

O'zbekiston va Eron o'rtasidagi dastlabki to'qnashuv 1998 yilgi Osiyo o'yinlariga to'g'ri kelgan. O'zbekiston musobaqaning amaldagi g'olibi hisoblansa, Eron "oltin avlod"ga ega tarkib bilan etib kelgandi. 

Chorak final doirasidan o'rin olgan bahsning 29-daqiqasida Ali Musavi Pavel Bugalo bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib boradi va uni aldab o'tgan holda bo'sh darvozaga to'p kiritib, hisobni ochadi.

Ikkinchi bo'lim ham forslar tashabbusi ostida o'tadi. O'zbekistonliklarda ham bir qancha imkoniyat yuzaga kelgan. Ammo bir zarbada darvoza ustuni eronliklar joniga oro kirgan bo'lsa, Shirshovning uzoqdan yo'llagan zarbasini raqib posboni bartaraf etgan.

Uchrashuv yakunlarida esa toliqib qolishgan vakillarimiz tashabbusni raqibga topshiradi, natijada Ali Dayining daqiqalari boshlanadi.

Dastlab sherigining qulay uzatmasidan so'ng chap oyoqda raqib darvozasining yaqin burchagini aniq nishongan olgan 10-raqamli hujumchi navbatdagi hujumda Fedorovni ortda qoldirgan holda yana chap oyoqda to'p kiritadi. O'yin so'ngida esa burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvoza to'riga joylab qo'yadi. To'pni qaytarishga uringan Bugalo boshi bilan darvoza ustuniga uriladi va tibbiy yordam olishga majbur bo'ladi.

Shu tariqa, braziliyalik murabbiy Bira Veyga qo'l ostidagi O'zbekiston terma jamoasi Osiyo o'yinlaridagi ishtirokini chorak finalda yakunlaydi. Eron esa yarim finalda Xitoyni, hal qiluvchi bahsda esa Kuvaytni mag'lub etib, musobaqa g'olibiga aylanadi.

Osiyo o'yinlari-1998

O'zbekiston — Eron 0:4

14.12.1998. "Supachalasai" stadioni. Bangkok, Tailand

Gollar: Ali Musavi (29), Ali Dayi (83, 88, 90)

O'zbekiston: Pavel Bugalo, Andrey Rezancev, Andrey Fedorov, Nikolay Shirshov, Aleksandr Xvostunov (Shuhrat Rahmonqulov, 72), Aleksey Semenov (Nig'mutulla Qutiboev, 80), Sergey Lebedev, Sergey Lushan, Mirjalol Qosimov (Rashid G'ofurov, 72), Andrey Akopyanc, Igor Shkvirin

Eron: Behzod G'ulompur, Muhammad Hapur, Nodir Muhammadxoni, Javad Zarinche, Mahmud Fekri (Sattor Hamedani, 73), Mehdi Mahdavikiya, Hamidrizo Estili, Karim Bag'iri (Alirizo Mansurian, 90), Muhammad Ali Karimi, Ali Musavi (Dariush Yazdani, 67), Ali Dayi

Ogohlantirishlar: Aleksandr Xvostunov (7), Nikolay Shirshov (41), Andrey Rezancev (79)


Eron bilan o'yinlar tarixidan. Qosimov va Bakaev “Ozodi”da forslarni bo'ysundirgan uchrashuv 

Eron bilan o'yinlar tarixidan. Katta sahnada Nishimura yoxud Abramov uchun so'nggi bekat

Oqil Abdubarnoev

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar