25 yoshli futbolchi "Al Shabab" jamoasiga borib qo'shiladi. Futbolchi yangi jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 7 million evro maosh oladi.
Ushbu transferdan "Milan" 11 million evroga yaqin pul ishlab oladi.
Malumot uchun, Adli 2021 yildan beri "Milan"da harakat qiladi. Futbolchi o'tgan mavsum "Fiorentina"da ijarada harakat qilgandi. U "Fiorentina" safida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va yana 7 ta golga assist bo'lgan.