"Menga juda alam qildi. Lekin bir daqiqa ham g'alabaga ishonmadim. Hech narsa chiqmadi. Bu og'ir mag'lubiyat. Biz juda yomon o'ynadik. Uzatmalarimiz ham yaxshi emasdi, hech qanday xavf tug'dira olmadik. Agar nimanidir yutmoqchi bo'lsangiz, matonat ko'rsatishingiz kerak.
Shuningdek, men o'zimdan so'rashim kerak: oxirgi marta qachon nemis muxlislari futbolchilarini hujum qilib hushtakbozlik qilganini ko'rganman? Bu haqiqatan ham yuragimni og'ritdi. Agar shunday o'yin bilan Jahon chempionatiga chiqsak, bunga ham shukr qilishimizga to'g'ri keladi", — deydi Shvaynshtayger.