"Manchester Yunayted" vingeri Alexandro Garnacho faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Daniele Longo xabariga ko‘ra, 20 yoshli argentinalik yosh yulduz "Napoli" bosh murabbiyi Antonio Kontening yozgi transfer oynasidagi birinchi raqamli maqsadi hisoblanadi.
Garnachoning mankunianliklar bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi bor. Transfermarkt uni 45 million yevroga baholamoqda.