"Atalanta" yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Edersonga o‘rinbosar topdi.
Nikolo Skira xabariga ko‘ra, bergamoliklar "Empoli"ning 23 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Tino Anjorinni diqqat bilan kuzatmoqda.
Angliyalik futbolchi hozirda 6 million yevroga baholanmoqda. U A Seriya joriy mavsumida 18 ta o‘yinda 1 ta gol urib, 3 ta assist berdi.