"Liverpul" yozgi transfer oynasi ochilishidan oldin bir qator futbolchilari bilan yangi shartnoma masalasiga oydinlik kiritib olmoqchi.
Football Insider xabariga ko‘ra, "qizillar" yozgacha Diogu Jota, Ibraima Konate va Luis Diasning klubda qolish istagi bormi yoki yo‘qligi bo‘yicha yakuniy javobni olmoqchi.
Agar futbolchilar muzokaralarni rad etsa, ular sotib yuboriladi.