Madridning "Atletiko" klubida ijara asosida harakat qilayotgan "Atalanta" darvozaboni Xuan Musso yana Bergamo klubiga qaytadi.
Nikolo Skira xabariga ko‘ra, "matraschilar" 30 yoshli argentinalikning to‘liq transferi uchun 8 million yevro sarflashni istamagan.
Musso joriy mavsumda jami 10 ta o‘yinda 8 ta gol o‘tkazib yubordi va 6 bor darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.