"Atletiko" "Barselona" forvardini sotib olmoqchi

  • Mr.NoBoDy07.05.2025 23:52
  • 42
  • 30

"Atletiko" yozgi transferlar vaqtida hujumni kuchaytirishga umid qilmoqda. Todofichajes portalining xabar berishicha, madridliklarning asosiy nishoni "Barselona" hujumchisi Ferran Torres bo‘lib turibdi.

Manbaga ko‘ra, "Atletiko" mavsum yakunida "Barselona"ni tark etishi mumkin bo‘lgan 25 yoshli Torres bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.

Torres o‘zining universalligi bilan ajralib turadi - u hujumda ham, vinger sifatida ham o‘ynashga qodir. "Matraschilar" bosh murabbiyi Diyego Simeone bu universallikni juda qadrlaydi.

Nufuzli "Transfermarkt" portali Ferran Torresni 28 million yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar