Madridning "Atletiko" klubi "Vest Xem" vingeri Muhammad Kudusga da’vogarlar ro‘yxatini to‘ldirdi.
24 yoshli futbolchiga avvalroq bir necha bor Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirgan edi. Insayder Sam C nashri xabariga ko‘ra, "matraschilar" Transfermarkt portali tomonidan 50 mln yevroga baholangan ganalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish ishlarini boshlab yuborgan.
Muhammad Kudusning xaridiga Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi ham qiziqish bildirgan va 100 mln yevrolik tovon pulini faollashtirishga tayyorligini bildirgan.
Hujumning ikki qanoti va markazda o‘ynaydigan universal futbolchi joriy mavsum "Vest Xem" safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va shuncha assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.