"Brayton" markaziy hujumchisi Joao Pedro kuchliroq klubga o‘tishi mumkin.
Jurnalist Sem Dinning ta’kidlashicha, 23 yoshli braziliyalik futbolchining xizmatlariga "Liverpul," "Arsenal" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, barcha klublar hujumchini yozgi transfer oynasida sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Pedro joriy mavsum barcha turnirlarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Pedroning "Brayton" bilan mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining narxini 50 million yevroga baholamoqda.