Dortmundning "Borussiya" klubi forvardi Seru Girassi faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Get Football News France jurnalistlari xabar bermoqda.
29 yoshli to‘purar xizmatiga "PSJ" qiziqish bildirmoqda. Girassi yozgi transferlar oynasida parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrikening ustuvor maqsadi bo‘lib turibdi. Transfermarkt portali gvineyalik futbolchining bozor narxini 40 million yevroga baholamoqda. Uning "Borussiya" bilan shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Bundesliganing joriy mavsumida Girassi dortmundliklar safida 29 ta o‘yin o‘tkazdi. Hujumchi o‘z hisobiga 20 ta gol va ikkita golli uzatma yozib qo‘ygan.