"Barselona" yarim himoyachisi Pablo Torre Ispaniya chempionatining boshqa klubiga o‘tishi mumkin.
22 yoshli futbolchiga "Malyorka" qiziqish bildirmoqda. Jijantes xabariga ko‘ra, klublar o‘rtasida futbolchi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. "Barselona" Torresni sotishga tayyor, ammo baribir uning katta salohiyati bor deb hisoblamoqda, shuning uchun ular bitimga birinchi navbatda qayta sotib olish bandini kiritmoqchi, deydi manba.
Pablo Torre o‘tgan mavsumda Xans-Diter Flik jamoasining 14 ta o‘yinida maydonga tushib, 4 ta gol va 3 ta assist muallifi bo‘ldi.