"Brentford" "Bornmut" vingeri Dango Uattara transferini kelishib oldi.
"Asalarilar" 23 yoshli Burkina Faso terma jamoasi futbolchisini "Manchester Yunayted"ga ketgan Brayan Mbeumo o‘rniga rekord darajadagi 37 mln funt va 5 mln funt bonus evaziga sotib olishadi.
Uattara bugun "Brentford"da tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak. U o‘tgan mavsum APLning 32 o‘yinida 7 gol va 4 golli uzatmani amalga oshirgan.