"Manchester Siti" xavbeki Sverre Nyupan ijara asosida "Midlsbro"ga o‘tishga yaqin turibdi.
18 yoshli norvegiyalik bilan kelishuvda so‘nggi tafsilotlarni hal qilish qoldi, deya xabar bermoqda insayder Fabrisio Romano.
Bir oy muqaddam "shaharliklar" Nyupanni "Rusenborg"dan rekord darajadagi 12,5 mln funtga sotib olgandi.