"Ayntraxt" darvozaboni Kevin Trapp shu oyda Fransiyaga qaytishi mumkin, deya xabar bermoqda L'Equipe.
Manbaga ko‘ra, Fransiya futbolining elitasiga qaytgan "Parij" avvalroq Parijning boshqa bir klubi - "PSJ"da o‘ynagan 35 yoshli germaniyalik futbolchi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Transfermarkt portali germaniyalik posbonning narxini 2,5 million yevroga baholamoqda.
Trapp 2024/25 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 46 ta gol o‘tkazib yuborgan va 10 marta darvozani daxlsiz saqlab qolgan.