SSKA "Fiorentina" futbolchisi uchun 12 million yevro to‘lashga tayyor

  • Mr.NoBoDy15.08.2025 08:26
  • 12
  • 30

Moskvaning SSKA klubi "Fiorentina"ga 24 yoshli hujumkor yarim himoyachi Lukas Beltran uchun 12 mln yevro taklif qildi. Bu haqda jurnalist Ivan Karpov telegram-kanalida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, "qizil-ko‘klar" "Spartak" va "Zenit" ham qiziqish bildirayotgan argentinalik futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Yarim himoyachi 2023 yilning yozidan buyon "Fiorentina" futbolchisi hisoblanadi. Bu vaqt ichida u barcha turnirlarda 98 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar