"Roma" "Inter"ga o‘tishi kutilayotgan futbolchisiga o‘rinbosar topdi

  • Mr.NoBoDy15.08.2025 08:26
  • 27
  • 30

"Roma" "Inter" qiziqish bildirayotgan yarim himoyachi Kuadio Konening o‘rniga kimni olib kelishini aniqlab oldi. Insayder Fabrisio Romanoning X ijtimoiy tarmog‘ida yozishicha, rimliklar "Monako"dan 21 yoshli Sungut Magassa haqida ma’lumot so‘ragan.

Manbaga ko‘ra, Magassa nomzodini "Roma" sport direktori Frederik Massara ilgari surmoqda. Fransiya yoshlar terma jamoasi himoyachisining "Roma"ga o‘tishi, agar "Inter" Konening transferini yopsa, amalga oshishi mumkin. Avvalroq, milanliklar xavbek uchun "bo‘rilar"ga 50 mln yevro berishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Monako" esa "Nottingem Forest"ning Magassa bo‘yicha taklifini rad etdi. Inglizlar transfer uchun 13 mln yevro to‘lashga tayyor edi. Transfermarkt portali "Monako" tarbiyalanuvchisini 12 mln yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar