Davide Kalabriyaga 3 yillik shartnoma taklif qilishmoqda

  • Mr.NoBoDy15.08.2025 08:52
  • 12
  • 30

"Bolonya" va "Milan" klublarining sobiq himoyachisi Davide Kalabriya "Panatinaikos" futbolchisiga aylanishga yaqin turibdi, deb xabar bermoqda jurnalist Janluka Di Marsio.

Manbaga ko‘ra, futbolchi taklifni qabul qilishga tayyor. Unga 3 yillik shartnoma taklif qilishmoqda. Hozirda kelishuv tafsilotlari bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Kalabriya hozirda erkin agent, shuning uchun Gresiya klubi u uchun tovon puli to‘lashi shart emas.

28 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni "Milan"da boshlagan, qishda esa ijara asosida "Bolonya"ga o‘tgan edi. U jami 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar