"Lids" klubi rasmiy sayti hujumchi Dominik Kalvert-Lyuinni o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi. 28 yoshli futbolchi uch mavsumga - 2028 yilning yarmigacha shartnoma imzoladi.
Avvalroq, Kalvert-Lyuin to‘qqiz yil davomida "Everton" sharafini himoya qilgan. "Irislar" safida 273 ta rasmiy o‘yinda hujumchi o‘z hisobiga 71 ta gol va 22 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Angliya chempionatining 1-turida Kalvert-Lyuinning yangi va sobiq klublari o‘zaro to‘qnash keladi - "Lids" 18 avgust, dushanba kuni "Everton"ni qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, "Lids" Premyer-ligaga bahorda qaytgan va Chempionshipda birinchi o‘rinni egallagandi.