
Niderlandiyaning "AZ Alkmaar" klubi xavbeki Kes Smit bir vaqtning o‘zida Yevropaning bir necha klublari qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi. Bu haqda Daily Mail jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ma’lum bo‘lishicha, 19 yoshli yarim himoyachini "Bavariya", "Borussiya D", "Real" va "Nyukasl" klublari o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Niderlandiyaliklar futbolchi uchun taxminan 22 million yevro to‘lansa, kelasi yili u bilan xayrlashishga tayyor. Smitning shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda yarim himoyachi 19 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.