
"Sevilya" "Real" himoyachisi Fran Garsiyaning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Fichajes xabar berdi.
Qayd etilishicha, madridliklar futbolchini 30 mln yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Garsiyaning o‘zi hali kelajagi borasida bir qarorga kelgani yo‘q. Himoyachi "Real"da o‘ynashda davom etmoqchi, ammo uni kam o‘yin amaliyoti qoniqtirmayapti. Shuningdek, futbolchiga APL jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.
La Liganing joriy mavsumida Fran Garsiya 2 ta o‘yin o‘tkazdi. Ularda himoyachi samarali harakatlar bilan ajralib turmadi.