
"PSJ" yashirin ravishda Vinisius Junior transferini tayyorlamoqda. Braziliyalik futbolchining vakillari bilan dastlabki muloqotlar allaqachon o‘tkazilgan.
Vinisius Yevropaning yetakchi klubida asosiy o‘yinchi bo‘lishi kutilmoqda. Jamoaning o‘yin uslubi aynan Vini atrofida shakllantirilishi rejalashtirilgan.
Braziliyalik futbolchining "Real" bilan shartnomasi 2027 yil yozida tugaydi - transfer aynan shu paytda amalga oshirilishi kerak. Shuningdek, klub rahbariyati Vinisius Luis Enrike bilan hamkorlik qila olmasligini tushunadi. O‘sha vaqtga kelib murabbiyning jamoani tark etishi kutilmoqda. Vini uchun mos keladigan mutaxassis tanlanadi.
Bu transfer 2024 yilda Kilian Mbappening "PSJ"dan tekinga "Real"ga o‘tganiga javob bo‘lishi kutilmoqda.