
"Vest Xem"ning braziliyalik yarim himoyachisi Lukas Paketa yozgi transferlar davrida klubini o‘zgartirishi mumkin.
Globo Esporte xabariga ko‘ra, Paketa yanvarda "bolg‘achilar" safini tark etmaydi, ammo u kelasi yozda jahon chempionatidan keyin ketishga umid qilmoqda. Ma’lumki, "Vest Xem" o‘z xavbeki uchun 60 million yevro olmoqchi. Paketaning o‘zi o‘tgan yozda "Flamengo"ga qaytishi mumkin edi, ammo "Vest Xem"ga hurmati uchun transferni talab qilmadi.
Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida 28 yoshli yarim himoyachi 11 ta uchrashuvda 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.