iks
ads


Top-5'ning 7 klubi «Portu» futbolchisini qo‘lga kiritmoqchi

  • Mr.NoBoDy15.11.2025 16:39
  • 48
  • 30

"Portu" markaziy yarim himoyachisi Viktor Froxoldt klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 19 yoshli daniyalikning xizmatlariga "Roma", "Napoli", "Atalanta", "Brayton", "Bornmut", "Ayaks" va "RB Leypsig" klublari qiziqish bildirmoqda. Mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, Froxoldtning shartnomasini istalgan klub 85 million yevroga sotib olishi mumkin.

Joriy mavsumda Froxoldt barcha turnirlarni hisobga olgan holda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar