OFK Ayollar futboli qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

  • Mr.NoBoDy30.07.2025 00:05
  • 129
  • 30

Avstraliyaning Sidney shahrida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) ayollar futboli qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ayollar futboli bo‘limi boshlig‘i Yuliya Panina ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida ayollar o‘rtasidagi OFK Chempionlar ligasining 2026/27 va 2027/28 yilgi mavsumlari uchun amaldagi chempion jamoaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kvota berish tamoyillari ma’qullandi. Endilikda ushbu nufuzli musobaqaning g‘olibi keyingi mavsumda musobaqaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladi.

Agar amaldagi chempion jamoaning tegishli milliy assotsiatsiyasi turnirda ishtirok etish uchun ariza topshirmasa yoki nomunosib deb topilsa, bu kvota bekor qilinadi va boshqa assotsiatsiyalarga qayta taqsimlanmaydi. Shuningdek, bir mamlalatning ikki jamoasi guruh bosqichida ishtirok etsa, “bir davlat – bir guruh” tamoyili asosida bir guruhdan o‘rin olmaydi.

Shuningdek, qo‘mita a’zolariga OFK ayollar klublarini litsenziyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va taklif etilgan litsenziyalash mezonlari taqdim etildi. Ushbu tashabbus orqali Osiyodagi ayollar klublariga yangi talablar va professional standartlarga moslashish uchun yetarli vaqt berilishi, shu bilan birga ayollar klublari futbolining raqobatbardosh kelajagini ta’minlash maqsad qilingan.

Bundan tashqari, 2027 va 2028-yillarda o‘tkaziladigan U-17 qizlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi musobaqalarining reglamentlari tasdiqlandi hamda 2024-yil noyabr oyida o‘tgan avvalgi majlisdan buyon ayollar futboli yo‘nalishidagi musobaqalar, hakamlik va texnik rivojlanish bo‘yicha yangilanishlar taqdim etildi.

O'xshash yangiliklar

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar