Mehmonlar safida Eldor Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 85-daqiqada zaxiraga olindi. O'zbekiston MTJ hujumchisi 71-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qilib, hisobni ochdi. Mehmonlarning yana bir o'zbekistonlik o'yinchisi Abbos Fayzullaev 90+3 daqiqaga kelibgina o'yinga qo'shildi.
Bahs 2:1 hisobida "Beshiktosh" foydasiga hal bo'ldi. Qayd etish kerakki, "Istanbul Bashakshexir" 89-daqiqada ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni erta tark etdi. 90+8daqiqada esa "Beshiktosh" o'yinchisi Orkun Kokchu maydondan chetlatildi.