"Bunyodkor" — "Xorazm" 1:0 LIVE
Gol: 82 - Temurxo'ja Abduxoliqov
Bosh hakam: To'rabek Suyonov
Yordamchi hakamlar: Aleksandr Sidorov, Husan Xo'dayberdiev
Zaxira hakami: Nurbek Sheraliev
Nazoratchi: Valentin Kovalenko
VAR hakami: Nikita Mustafin
AVAR hakami: Xayriniso Erkinova
"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abduljalilov, 2.Nikoloz Mali, 4.Najmiddin Normurodov, 9.Imeda Ashortiya, 10.Rasul Yo'ldoshev, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 15.Marko Bugarin ( 5.Aleksandr Zevadinov, 74), 17.Ollabergan Karimov (8.Martin Shroler, 62), 21.Nosirjon Abdusalomov (54.Mirkomilbek Murodov,74), 25.Itsuki Urata, 57.Amir Turakulov
Zaxira: 22.Valijon Rahimov,18.Narimonjon Ahmadjonov, 19.Farruxjon Qodirov, 23.Asadbek Rahimjonov, 33.Abdulazizxon Abdurashidov, 66.Azizbek To'lqinbekov
"Xorazm": 39.Artyom Potapov, 6.Abbosjon Otaxonov, 7.Temurbek Ismailov (77.Sunnatulla Abdullajonov, 60), 8.Xazratjon Tursunkulov, 9.Jasur Azimov ( 2.Diyorbek Ortiqboev, 60), 10.Murodbek Bobojonov, 11.Humoyunmirzo Iminov (22.Asadbek Saitxonov,70), 15.Vladimir Bubanya, 88.Abror Xo'sinov, 94.Rustamjon Abduhamidov, 99.Shahrom Samiev ( 79.Azizjon Ahrorov83)
Zaxira: 1.Mashhurjon Muhammadjonov,3.Ravshanbek Sultanov, 4.Farruhjon Ibrohimov, 20.Danila Ejov, 27.Ixtiyor Tashpulatov,
YANGILASH
82. GOOOL. Temurxo'ja Abduxoliqov penaltidan unumli foydalandi va hisobni ochdi
78. Murodov hisobni ochishi mumkin edi, biroq Potapovdan super seyv
77. Super imkoniyatdan mehmonlar foydalana olmadi. Tursunqulovning uzatmasiga hech kim etib kela olmadi
74. Zevadinov va Murodov maydonga tushdi. Ular Abdusalomov va Bugarinning o'rniga maydonga tushdi. Murodov 2009 yilda tug'ilgan bolakay ekan. Bugungi uchrashuv Mirjomilbek uchun Superligada debyut
72. Uchrashuvda hujumlar sonini ancha kamaydi. Jamoalarning xavfli hujumlari deyarli sodir bo'lmay qoldi
70. Iminovning o'rniga Saitxonov maydonga tushdi
62. O'zgarish. Shroler Karimovning o'rniga maydonga tushdi
60. Ortiqboev va Abdullajonov maydonga tushdi. Ular Azimov va Ismoilovni alishtirishdi
56. Bobojonov juda qulay imkoniyatdan foydanala olmadi. Gol bo'lgan taqdirda ham hisobga olinmas ekan. Sababi Murod Bobojonov ofsaydda qolgan ekan
55. Barchasi joyida uchrashuv davom ettirilmoqda
53. VAR ehtimoliy penaltini ko'rmoqda. Otaxanov o'z maydonida qo'p bilan o'ynagan bo'lishi mumkin
50. Karimovning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi. Qaytgan to'pni Abduxoliqov darvozaga joyladi. Biroq Temurxo'ja ofsaydda ekan
49. Mali qanotdan yaxshi kirib bordi va uzatmani amalga oshirdi, raqib himoyachisi to'pni burchakka chiqarib yubordi
Ikkinchi bo'lim boshlandi
Birinchi bo'lim yakunlandi
45+1. Malining ajoyib uzatmasidan so'ng Abduxoliqov juda qulay imkoniyatga ega bo'ldi. Biroq Temurxo'janing yaqin masofadan yo'llagan zarbasi juda noaniq ketdi
39. Ogohlantirish. Uchrashuvdagi ilk ogohlantirishni mezbonlar yarim himoyachisi Ashortiaga nasib etdi
36. "Bunyodkor" zarba berishdan tashqari qolgan barchasini ajoyib tarzda amalga oshirmoqda. So'nggi nuqtaga kelganda mezbonlar vakillari o'z imkoniyatlaridan foydalana olishmayapti
35. Abdusalomov raqib futbolchilaridan o'tdi va Abduxoliqovga to'pni uzatdi. Negadir mezbonlar sardori zarba berish o'rniga to'pni sherigiga uzatishga qaror qildi. Biroq bu safar raqib himoyasi yaxshi o'ynadi
29. Ashortianing uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi
24. Shahram Samievning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi
19. Mezbonlar uchrashuvdagi hozircha eng xavfli hujumni tashkil qilishdi. Abduxoliqov Abdusalomovni darvozabon bilan birga bir chiqarib yubordi. Biroq Nosirjonning zarbasini Potapov qiyinchilik bilan qaytardi. Potapovdan seyv
15. Temurxo'jada yaxshi imkoniyat bo'lgandi. Sheriklari jamoa sardorini yaxshi vaziyatga chiqarib yuborishdi. Ammo raqib himoyasi va darvozaboni ham yaxshi harakat qildi
12. Murodjon Bobojonov darvozabon bilan birga chiqishi mumkin edi, biroq hujumchi yiqilib tushdi va imkoniyatdan "quruq" qoldi
10. "Bunyodkor" ham asta-sekinlik bilan hujumlar tashkil etishni boshladi. Abduxoliqovning uzatmasini Potapov ushlab oldi
4. Ilk daqiqalarda ustunlik mehmonlarda. Ular bir nechta xavfli vaziyatlar yaratishdi. "Bunyodkor" hozircha faqat himoyalanmoqda
1. Birinchi daqiqaning o'zida mehmonlar hisobni ochishlari mumkin edi. Xazratjon Tursunkulov darvozabon bilan deyarli birga bir chiqdi va zarba yo'lladi. Biroq zarba juda sekin chiqdi va mezbonlar darvozaboni qiyinchiliksiz ushlab oldi
UCHRASHUV BOSHLANDI