iks
ads

Ro'ziqul Berdiev: "Oldin ham "Al Ahli" singari katta salohiyatga ega jamoalarga qarshi o'ynaganmiz"

  • Mr.NoBoDy 14.09.2025 21:24
  • 10536
  • 30

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va darvozabon Abduvohid Nematov ertangi “Al Ahli”ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Ro'ziqul Berdiev:

— Biz Osiyo Chempionlar Ligasi Elit musobaqasidamiz. Ertandan musobaqadagi yurishimizni boshlaymiz. Raqibimiz “Al Ahli” kuchli tarkib va katta salohiyatga ega jamoa. «Nasaf» uchun bu kabi turnirda qatnashish yangilik emas, biz ilgari ham “Al Ahli” darajasidagi kuchli raqiblarga qarshi maydonga tushganmiz. Jamoamiz har qanday raqibga munosib qarshilik ko'rsatishga qodir. Ertangi o'yinga to'liq tayyormiz, yigitlarning ham kayfiyati yaxshi. Albatta, ijobiy natija uchun bor kuchimizni safarbar qilamiz.


Abduvohid Nematov:

— Assalomu alaykum. Murabbiyimiz takidlaganidek, ertaga kuchli jamoaga qarshi maydonga chiqamiz. Bu bellashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Biz bir jamoa sifatida imkoniyatimizni ishga solib, muxlislarimizni xursand qilishga intilamiz.

Ertaga musobaqaning amaldagi chempioniga qarshi o'ynaysiz. Bu bellashuvga qanday tayyorgarlik ko'rdingiz?

— Yuqorida ham aytib o'tdim, raqibimiz jiddiy jamoa — musobaqa chempioni. Yaqinda Saudiya Arabistoni Superkubogini ham qo'lga kiritdi. Bu ularning kuchi va salohiyatidan dalolat beradi. Biz tayyorgarlik jarayonini shunga yarasha olib bordik. Ishonamanki, ertangi natija ham ijobiy bo'ladi.

Siz 12 yildan ortiq vaqt mobaynida jamoani boshqarib kelyapsiz. So'nggi yillarda O'zbekistonning eng sovrindor jamoalaridan biri bo'lib turibsizlar va bu musobaqada qanday natija maqsad qilingansizlar?

— Men jamoada 12 yildan beri murabbiylik qilayapman, ammo klub bilan 26 yildan beri birgaman. Dastlab futbolchi, keyin murabbiy sifatida faoliyat yuritib kelmoqdaman. So'nggi yillarda «Nasaf» katta o'sishga erishdi va bundan keyin ham rivojlanish niyatida. O'ylaymanki, jamoamiz to'g'ri tizim asosida shakllanmoqda. Bu men uchun eng muhim jihat. Jamoamiz OCHL Elit musobaqada ishtirok etayotganidan xursandmiz va bu ishtirokimiz muntazam bo'lishiga ishonaman.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar