iks
ads

Hakim Fuzaylov: "Yana eski kasalimiz qo'zg'adi"

  • Mr.NoBoDy 14.09.2025 20:48
  • 8837
  • 30

Superliga 21-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Xorazm" (1:0) uchrashuvidan so'ng "Xorazm" bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- O'yin haqida nima deyishim muikin, yana eski kasalimiz qo'zg'adi. O'zimiz yaratgan vaziyatlardan foydalana olmadik. Buning ustiga bitta gol o'tkazib, mag'lub bo'ldik. To'g'ri, kurash davom etyapti, lekin vaziyat borgan sari biz uchun qiyinlashib bormoqda.

- Bu yilgi mavsumni "Xorazm" uchun qanday baholaysiz?

- Bir tekis o'yin ko'rsata olmayapmiz. Chunki jamoamiz tarkibi tubdan yangilangan. Yangi jamoa tuzish uchun esa vaqt kerak bo'ladi. Ammo bizga hech kim alohida vaqt bermasligini ham bilamiz. Maqsadimiz - jamoani Superligada olib qolish. Oldinda 9ta tur bor va oxirigacha kurashamiz.

- Jamoa uy uchrashuvini Xorazmdagi stadionda o'tkazdi. Bugun esa yangi maydonda to'p tepdi.

- Menga Olimpiya stadioni yoqdi. Stadion bo'yicha umuman muammo bo'lishi mumkin emas. Maydon holati ham zo'r.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar