iks
ads

"Al Hilol" legioneri o'zini kamsitilgan deb hisobladi va shartnomani bir tomonlama bekor qildi

  • Mr.NoBoDy 15.09.2025 13:32
  • 441
  • 30

Terma jamoada o'ynash tajribasiga ega braziliyalik himoyachi Renan Lodi o'z tashabbusi bilan "Al Hilol"ni tark etdi.

Bu haqda "Globo" nashri yozmoqda.

Lodi jamoaga 2024 yilning yanvarida kelib qo'shilgan va 3,5 yillik shartnoma imzolagan. Bu yilgi mavsumoldi mashg'ulotlaridan so'ng futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatida o'ynay olmasligini bilib qoldi. Futbolchi taqiqni olib tashlashga va jamoa rahbariyati bilan kelishishga harakat qildi, ammo hech narsaga erisha olmadi. Keyin huquqshunoslar bilan maslahatlashib, vataniga qaytishga qaror qildi.

Chempionatda ro'yxatdan o'tmagan Lodi o'z kasbi bilan shug'ullanish imkoniyatidan mahrum bo'lgisi kelmadi. 

Saudiya Arabistoni klubi allaqachon barcha zarur qonuniy choralarni ko'rishini malum qilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar