iks
ads

"Liverpul" sobiq futbolchisi 4 marta pichoqlangan. U bu haqda birinchi marta gapirdi

  • Mr.NoBoDy 15.09.2025 14:24
  • 308
  • 30

"Liverpul" sobiq himoyachisi Andre Uizdom qimmatbaho soat uchun uyi oldida 4 marta pichoqlanganidan keyin hech qachon avvalgi formasiga qaytolmaganini takidladi.

"Liverpul"da Stiven Jerrard va Luis Suares bilan birga o'ynagan Uizdom keyinchalik "Derbi Kaunti"da o'ynadi.

2020 yilda "Liverpul"ga raqib sifatida tashrif buyurganida, u ziyofatdan so'ng pistirmaga tushib qolgan: bir guruh niqobli odamlar uning soatini olishga uringan va janjal boshlanib ketgan.

"Hali ham og'riq his etaman. Men ketishim kerak edi va g'ururim meni engishiga yo'l qo'ymasligim kerak edi", – dedi u.

Futbolchi ikkita operaciyani boshdan kechirdi va 3 oy ichida maydonga qaytdi, biroq u shoshilganini tan oldi: "Avvalgidek tezlik va kuch yo'q edi".

Keyinchalik u tanaffus qildi, 2023 yilga kelib faoliyatini tikladi va "Uorrington Taun", "Derri Siti" va "Yunayted of Manchester" jamoalarida harakat qildi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar