iks
ads

“Hindiston o‘yinchilari qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortdi” — Pokiston murabbiyi

  • Mr.NoBoDy 15.09.2025 19:55
  • 361
  • 30

Hindiston kriketchilari Pokiston jamoasi bilan uchrashuvda ularga qo‘l siqishdan bosh tortdi. Bu haqda Pokiston murabbiyi Mayk Hessonga tayanib, BBC xabar berdi.

Dubayda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogi doirasidagi uchrashuvda Hindiston yetti zarba farq bilan g‘alaba qozondi. Ammo o‘yindan keyin kapitan Suryakumar Yadav va uning hamrohi Shivam Dube odatdagidek maydon markazida raqib bilan qo‘l siqish o‘rniga darhol maydonni tark etdi.

Pokistonlik o‘yinchilar maydonni tark etar chog‘i Hindiston jamoasi tomon yo‘nalgan, biroq raqiblar allaqachon kiyim almashtirish xonasiga kirib ketgan. Hatto qur’a tashlash vaqtida ham Suryakumar va Pokiston sardori Salman Agha qo‘l siqishmagan.

“Biz o‘yin yakunida qo‘l siqishga tayyor edik. Raqiblarimiz bunday qilmaganidan afsusdamiz”, dedi yangi zelandiyalik Hesson.

O‘yindan keyingi nutqida Suryakumar Yadav g‘alabani “Hindistonga mukammal qaytarilgan sovg‘a” deb atadi.

“Bugungi g‘alabamizni jasorat ko‘rsatgan barcha qurolli kuchlarimizga bag‘ishlaymiz. Terrorchilik hujumi qurbonlari va ularning oilalari bilan birdammiz”, dedi u.

Pokiston jamoasi vakillaridan hech kim so‘zga chiqmagan. Hessonning aytishicha, bunday qaror Hindiston jamoasining qo‘l siqishdan bosh tortganiga javoban qabul qilingan.

“Biz ularning oldiga qo‘l siqish uchun bordik, lekin ular allaqachon kiyim almashtirish xonasiga ketib qolgan ekan. O‘yinni shunday yakunlash achinarli bo‘ldi. O‘z o‘yinimizdan qoniqmaganimizga qaramay, qo‘l siqishga tayyor edik”, dedi Hesson.

Hindiston va Pokiston aprel oyida Kashmirda sayyohlarga uyushtirilgan jangarilar hujumidan so‘ng to‘rt kunlik harbiy to‘qnashuvga kirishgan edi. Hindiston bu hujumda Pokistonni ayblagan, biroq Islomobod buni rad etgan. Bu ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi so‘nggi o‘n yillikdagi eng shiddatli to‘qnashuv bo‘lib, unda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi.

Davlatlar allaqachon xalqaro musobaqalardan tashqari bir-birlari bilan kriket o‘ynamasdi. Osiyo kubogini bekor qilish yoki boykot qilish haqidagi chaqiriqlarga qaramay, musobaqa baribir o‘tkazildi. Shuningdek, fevral oyida Chempionlar kubogi doirasidagi avvalgi uchrashuv ham Dubayda o‘tkazilgan, chunki Hindiston turnir mezboni bo‘lgan Pokistonga borishdan bosh tortgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar