Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.
Takidlanishicha, avvalgi rekord braziliyalik Pelening kartochkasini sotishda kuzatilgan. Buning uchun 2022 yilda 1,33 million dollar to'langan.
Argentina terma jamoasi tarkibida Messi JCH-2022, Amerika Kubogi (2021, 2024), Finalissima (2022) va Olimpiada (2008) g'olibi bo'lgan. Hujumchi terma jamoaning eng yaxshi to'purari va o'yinlar soni bo'yicha rekordchisi hisoblanadi. Futbolchi Jahon chempionatlarida o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha ham rekordchi hisoblanadi. 2023 yildan beri Messi Amerikaning "Inter Mayami" jamoasida harakat qilmoqda.
Avvalroq O'zbekiston milliy terma jamoasi Panini bilan hamkorlik qilishi elon qilingan edi.