iks
ads

"Nasaf"ning xalqaro maydondagi mag'lubiyatli seriyasi davom etmoqda

  • Mr.NoBoDy 16.09.2025 12:40
  • 558
  • 30

Kecha Elit OCHL 1-turi doirasida "Nasaf" klubi Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubiga mag'lub bo'ldi - 2:4.

Shu tariqa, Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoaning xalqaro maydondagi mag'lubiyatli seriyasi 5 ta o'yinga etdi.

"Nasaf" o'tgan yil OCHL 2 musobaqasi guruh bosqichidagi oxirgi 4 ta o'yinda mag'lubiyat alamini totib ko'rgandi. "Ajdarlar" so'nggi bor 2024 yilning 2 oktyabr kuni, o'z maydonida BAAning "Shabab Al Ahli" klubi ustidan (2:1) zafar quchishgandi. 



Eslatib o'tamiz, "Nasaf" Elit OCHL doirasidagi navbatdagi bahsni 29 sentyabr kuni Qarshida Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubiga qarshi o'tkazadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar